2022-2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summalari oshirilmaydi

Aug 28, 2022/ By: admin

2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

2022-2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt summalari oshirilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, bu o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

Talabalarni ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bir yillik o‘qitish qiymatlari miqdorlari haqidagi ma’lumotni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy sahifalaridan bilib olish mumkin.

 

Mavzuga aloqador xabarlar