8 avgustdan 20 avgustga qadar (20 avgust ham) bo‘lgan o‘n ikki kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 1073821 nafar abituriyent imtihon topshirgan bo‘lib, shundan 364348 nafari joriy yilgi bitiruvchilaridir va bu ko‘rsatkich shu kungacha imtihon topshirgan barcha abituriyentlarning 34% qismini tashkil etadi.
Shu kungacha imtihon topshirgan joriy yilgi bitiruvchilar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda. Jumladan, ushbu hududdan hozirgi kunga qadar 40457 nafar joriy yilgi bitiruvchilar imtihon topshirib bo‘lishdi, joriy yilgi bitiruvchilar orasida imtihon topshirganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda, yaʼni 10298 nafar.
Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.