Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlandi.
2023/2024 o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.
Maʼlumot o‘rnida, Prezidentning 279-son qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligiga bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasini tasdiqlash vakolati berilgan.
2023 yilda abituriyentlar KASBIY (IJODIY) IMTIHON (3.1 ball) va CHET TILI (2.1 ball) fanlaridan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga imtihon topshirishlari mumkin:
- Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
- Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi
- Jurnalistika: harbiy jurnalistika
- Jurnalistika: internet jurnalistikasi
- Jurnalistika: iqtisodiy jurnalistika
- Jurnalistika: sanʼat jurnalistikasi
- Jurnalistika: sayohat jurnalistikasi
- Jurnalistika: sport jurnalistikasi
- Jurnalistika: teleradio jurnalistikasi
- Jurnalistika: xalqaro jurnalistika