2023-yilgi imtihonlarida yangilik - mantiqiy fikrlashga doir savollar tushadi

Mar 11, 2023/ By: admin

Joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

- 9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar joriy yilning 1-6 may kunlari o‘tkaziladi.

- Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.

 

❌ Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat hamda chet tili bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi.

Imkoniyati cheklangan maktab-internatlarida tahsil oladigan alohida taʼlimga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarga ushbu umumtaʼlim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkaziladi.

Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun namunaviy imtihon materiallarini hamda baholash mezonlarini tayyorlashni Respublika taʼlim markazi amalga oshiradi.

Xabarda aytilishicha, imtihon materiallari namunalari 2023-yilning 1-apreliga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Mavzuga aloqador xabarlar

Davlat test markazi veb-sayti boshqa manzilga ko‘chmoqda

28 Feb, 2023

Sobiq Davlat test markazi — hozirgi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy …

Batafsil

2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

07 Mar, 2023

2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Batafsil

Shu yildan boshlab maktabdagi baholar OTMga kirishda hisobga olinadi

05 Jan, 2023

Shu yildan boshlab maktabdagi baholar OTMga kirishda hisobga olinadi

Batafsil