Ayol sudyalar sonini oshirish maqsadida xotin-qizlarga qo‘shimcha kvotalar ajratildi

May 26, 2023/ By: admin

Ayol sudyalar sonini oshirish maqsadida 2023/2024 o‘quv yilida xotin-qizlarga qo‘shimcha 12 ta kvota ajratildi.

 

Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2023/2024 o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilingan.

Tahsillar davlat granti asosida amalga oshirilib, tinglovchilar  oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.

O‘quv jarayonlari Sudyalar oliy maktabi binosida olib boriladi, ayol tinglovchilarga o‘zlari istiqomat qiluvchi hududdagi sudlarda amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etiladi (amaliyot o‘tash jami o‘qish davrining qariyb yarmini tashkil qiladi).

Hujjatlar 2023 yilning 5 iyuniga qadar qabul qilinadi.

O‘zbekistonda gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlariga ko‘ra, sudyalar orasida xotin-qizlar ulushini 2025 yilda 20 foizga, 2030 yilda 30 foizga yetkazish nazarda tutilgan. 

Ayni paytda O‘zbekistonda sudyalar orasidagi xotin-qizlarning ulushi 14 foizga yetdi (bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 51 foiz, Rossiyada 66 foiz, Sloveniyada 70 foiz, Portugaliyada 75 foiz).

 

Mavzuga aloqador xabarlar

2023 yilda BIOLOGIYA (3.1 ball) va KIMYO(2.1 ball) fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladi?

20 Jan, 2023

2023 yilda BIOLOGIYA (3.1 ball) va KIMYO(2.1 ball) fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladi?

Batafsil

2023 yilda RUS TILI VA ADABIYOTI (3.1 ball) va TARIX (2.1 ball) fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladi?

25 Jan, 2023

2023 yilda RUS TILI VA ADABIYOTI (3.1 ball) va TARIX (2.1 ball) fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladi?

Batafsil

60220400 - “Arxeologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2022/2023 o‘quv yilida Respublikada joylashgan barcha OTMlardagi qabul kvotalari va kirish (grant va kontrakt) ballari (OTM, ta’lim tili va ta’lim shakli kesimida)

11 May, 2023

60220400 - “Arxeologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2022/2023 o‘quv yilida Respublikada joylashgan barcha OTMlardagi qabul kvotalari va kirish (grant va kontrakt) …

Batafsil