Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:
1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.
2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.
Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Abituriyentlar 2022/2023 o‘quv yilidagi test sinovlari uchun mutaxassislik fanlari BIOLOGIYA (3.1 ball) va KIMYO (2.1 ball) bo‘lgan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
- Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
- Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)
- Agronomiya: anorchilik
- Agronomiya: sabzavotchilik va polizchilik
- Agronomiya: yem-xashak ekinlari
- Biologiya
- Biologiya (turlari bo‘yicha)
- Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)
- Biotexnologiya: farmatsevtik biotexnologiya
- Davolash ishi
- Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (avtomobil transporti)
- Ipakchilik va tutchilik
- Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish
- Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish
- Mevachilik va uzumchilik
- Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash
- O‘rmonchilik
- O‘rmonchilik (o‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun)
- O‘simlikshunoslik (yaylov cho‘l o‘simlikshunosligi)
- O‘simlikshunoslik: gulchilik
- Pediatriya ishi
- Pediatriya ishi
- Professional taʼlim: agronomiya
- Professional taʼlim: farmatsiya
- Professional taʼlim: o‘rmonchilik
- Professional taʼlim: o‘simliklarni himoya qilish
- Professional taʼlim: qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
- Professional taʼlim: tibbiy-pedagogik ish
- Professional taʼlim: tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish
- Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha)
- Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
- Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish
- Tuproqshunoslik
- Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari
- Veterinariya farmatsevtikasi
- Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Veterinariya meditsinasi: yirik shoxli mollar kasalliklari
- Veterinariya sanitariya ekspertizasi
- Xalq tabobati
- Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)
- Zooinjeneriya: asalarichilik
- Zooinjeneriya: baliqchilik
- Zooinjeneriya: qorako‘lchilik
- Zooinjeneriya: qoramolchilik
- Zooinjeneriya: yilqichilik va tuyachilik