BIOLOGIYA (3.1 ball) va ONA TILI va ADABIYOT (2.1 ball) fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirish mumkin?

Jun 03, 2022/ By: admin

Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 3,1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 2,1 balldan.

Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Abituriyentlar 2022/2023 o‘quv yilidagi test sinovlari uchun mutaxassislik fanlari BIOLOGIYA (3.1 ball) va ONA TILI VA ADABIYOT (2.1 ball) bo‘lgan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

- Pedagogika
- Maktabgacha taʼlim
- Maxsus pedagogika : logopediya
- Maxsus pedagogika : surdopedagogika
- Maxsus pedagogika : oligofrenopedagogika
- Maktabgacha taʼlim psixologiyasi va pedagogikasi
- Psixologiya: din sotsiopsixologiyasi
- Psixologiya: sport psixologiyasi
- Psixologiya: amaliy psixologiya
- Psixologiya: oila psixologiyasi
- Psixologiya: yoshlar psixologiyasi
- Ijtimoiy ish: oila va bolalar bilan ishlash
- Ijtimoiy ish: fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari
- Ijtimoiy ish (pedagogika sohalari bo‘yicha)

Mavzuga aloqador xabarlar