Bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? - Imtihon va maksimal ball haqida

May 07, 2023/ By: admin

Bu yilgi qabul uchun fanlar majmuasi ancha oldinroq, dekabr oyida tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, yo‘nalishlarga imtihon olinadigan fanlar birinchi va ikkinchi fan qilib darajalangan.

Bundan tashqari, abituriyentlar majburiy fanlar blokida matematika, ona tili va O‘zbekiston tarixidan ham imtihon topshiradi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida har bir fandan namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan.

O‘tgan yilgi baholash mezonlariga ko‘ra, kirish imtihonlarida 5 ta fandan jami 90 ta savol: mutaxassislik blokidagi 2 ta fan uchun 60 ta savol (birinchi blokda 30 ta, ikkinchi blokda 30 ta) majburiy fanlar blokida esa 10tadan 3 ta fan uchun jami 30 ta savol bor edi. Maksimal to‘planishi kerak bo‘lgan ball esa 189 ball edi. Hozircha fanlar majmuasi tasdiqlangan bo‘lsa-da, baholash mezonlari tasdiqlangani yo‘q. Shuning uchun bu yil ham maksimal ball 189 ball bo‘ladimi yoki yo‘qmi aniq emas.

Mavzuga aloqador xabarlar