O‘tgan yilgi qabulda 1,2 mln abituriyent OTMga kirish uchun hujjat topshirgan. Ularning 395 ming nafari o‘sha yilgi bitiruvchilar, qolgan 819 209 nafari oldingi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan bitiruvchilar edi.
Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchi tugatadi. Ularning soni o‘tgan yilgi bitiruvchilar soni bilan deyarli teng. Bilim va malakalarni baholash agentligi Kun.uz’ga taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, bu yilgi qabulda 1 mln 260 ming abituriyent hujjat topshirishi kutilyapti.