Respublikamizda 2022 yilning 8 avgustidan 27 avgustigacha bo‘lgan OTMlarga kirish imtihonlarida jami 1073822 nafar abituriyent imtihonlarda ishtirok etishdi. Shundan 502103 nafarini erkaklar tashkil etgan bo‘lsa, imtihon topshirganlarning 571719 nafarini xotin-qizlar tashkil etgan. Eng ko‘p erkaklar imtihon topshirgan viloyat Qashqadaryo viloyati bo‘lib, ushbu viloyatda 58557 nafar erkak imtihon topshirgan, eng ko‘p xotin-qizlar imtihon topshirish ham Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 67139 nafarni tashkil etmoqda. Barcha hududlarda imtihon topshirgan xotin-qizlar soni erkaklar sonidan ko‘p, faqatgina Navoiy va Toshkent viloyatida aksincha, imtihon topshirgan erkaklar soni xotin-qizlarga nisbatan ko‘proq.
Xotin-qizlar orasida o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori natija Buxoro viloyatining xotin-qizlari tomonidan qayd etilgan bo‘lib, 71.994 ballni tashkil etmoqda. Xotin-qizlar tomonidan to‘plangan o‘rtacha ballarning hududlar bo‘yicha taqsimotiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, barcha hudud xotin-qizlari yigitlarga nisbatan yuqori ball to‘plashgan. Barcha hududlarda qayd etilgan natija bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.