Qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan ayrim talabalarning kontrakti to‘lab beriladi

Feb 20, 2023/ By: admin

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, pedagog tayyorlovchi oliygohning qo‘shma ta’lim dasturida o‘qiyotgan talaba hamkor xorijiy OTMda o‘qish davri uchun to‘lov-kontraktini to‘lamaydi, mazkur summa davlat budjetidan qoplab beriladi. Bunda talabaga 3 yil ishlab berish sharti qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, bu jarayonda dastlab qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

So‘ng tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar bilan istalgan bo‘g‘indagi davlat ta’lim tashkilotlari (maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari)da kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.

Mavzuga aloqador xabarlar

Davlat test markazi veb-sayti boshqa manzilga ko‘chmoqda

28 Feb, 2023

Sobiq Davlat test markazi — hozirgi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy …

Batafsil

2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

07 Mar, 2023

2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Batafsil

Shu yildan boshlab maktabdagi baholar OTMga kirishda hisobga olinadi

05 Jan, 2023

Shu yildan boshlab maktabdagi baholar OTMga kirishda hisobga olinadi

Batafsil