Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun ajratilgan davlat grantiga o‘tish ballari

Aug 18, 2022/ By: admin

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun OTMga kirishda qo‘shimcha 4 foizli grant ajratiladi.

Tavsiyanoma olishga talabgorlar:

  • - kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila);
  • - to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yohud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • - turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
  • - nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • - 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida (ijarada) yashayotgan, itjimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
  • - ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar bo‘lishi kerak.

Ma’lumot uchun, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Quyidagi jadvalda 2021 yilda ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun ajratilgan davlat grantiga o‘tish ballari va qabul kvotalari hududlar kesimida qayd etilgan.

 

Mavzuga aloqador xabarlar