Eng yuqori ball to‘plagan 250 nafar abituriyentlar statistikasi - hududlar kesimida (8-18 avgust natijalari bo‘yicha)

Aug 20, 2022/ By: admin

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan edi.

Qarorga ko‘ra:

  • - muayyan taʼlim sohasi uchun ajratilgan kvota bo‘yicha so‘nggi o‘rindagi abituriyent va u bilan bir xil ball to‘plagan barcha fuqarolar Prezident grantiga daʼvogar bo‘ladi;
  • - imtiyoz natijasida qo‘shimcha beriladigan ballar Prezident grantiga daʼvogarlarni aniqlashda hisobga olinmaydi;
  • - Prezident grantiga daʼvogar bo‘lgan abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;
  • - Prezident granti sovrindorlari birinchi kursda barcha fanlarni “aʼlo” baholarga o‘qigan, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yutuqlarga erishgan mazkur grantga daʼvogar talabalar orasidan tanlov asosida aniqlanadi;
  • - tanlovni Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika oliy taʼlim kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi o‘tkazadi;
  • - o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tayinlanadi va to‘lanadi;

Bunda talabaga:

  • - Prezident granti uchun belgilangan stipendiya 2-kursning o‘quv yili boshidan oyma-oy to‘lanadi va shu munosabat bilan unga umumiy shartlarda belgilanadigan stipendiya tayinlanmaydi;
  • - o‘quv semestri yakuniga ko‘ra kamida bitta fandan o‘zlashtirishi “aʼlo” baho bo‘lmaganda, Prezident granti sohiblariga kelgusi o‘quv semestri mobaynida umumiy tartibdagi stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;
  • - navbatdagi o‘quv semestri yakuniga ko‘ra barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat “aʼlo” baho bo‘lganda, Prezident granti uchun belgilangan stipendiya qayta tayinlanadi va to‘lab boriladi;
  • - o‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

8- avgustda boshlangan test sinovlari yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. 8 avgustdan 18 avgustga qadar (18 avgust ham) bo‘lgan o‘n bir kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 990651 nafar abituriyent imtihon topshirdi. Shu kungacha eng yuqori ball to‘plagan 250 (pastda ballar teng bo‘lganligi sababli 256 nafar abituriyent) abituriyentlarning statistikasiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, Navoiy viloyati abituriyentlari yetakchilik qilmoqda. Ushbu hududdan jami 38 nafar abituriyent TOP 250 ro‘yxatiga kirgan. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.

Mavzuga aloqador xabarlar