FIZIKA (3.1 ball) va MATEMATIKA (2.1 ball) fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirish mumkin?

Jun 01, 2022/ By: admin

Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 3,1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 2,1 balldan.

Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Abituriyentlar 2022/2023 o‘quv yilidagi test sinovlari uchun mutaxassislik fanlari FIZIKA (3.1 ball) va MATEMATIKA (2.1 ball) bo‘lgan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

- Astronomiya
- Biotibbiyot muhandisligi
- Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha)
- Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari: temir yo‘l transporti
- Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi
- Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha)
- Fizika
- Fizika va astronomiya
- Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha)
- Foydali qazilma konlarini izlash va qidirishning geofizik usullari
- Geologik tasvirlash, foydali qazilma konlarini izlash va qidirish
- Geologiya- qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi
- Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi
- Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Intellektual muhandislik tizimlari: avtomobil transporti
- Konchilik elektr mexanikasi
- Konchilik ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Lazer- yorug‘lik texnologiyalari va optoelektronika
- Meliorativ gidrogeologiya
- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha)
- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti: avtomobil transporti
- Mexanika va matematika modellashtirish
- Mexatronika va robototexnika
- Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
- Muqobil energiya manbalari: quyosh va shamol energiyasi texnologiyalari
- Muqobil energiya manbalari: vodorod energiyasi texnologiyalari
- Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha)
- Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (turlari bo‘yicha)
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish: qishloq xo‘jaligida
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish: suv xo‘jaligida
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish: temir yo‘l transporti
- Texnologik taʼlim
- Tibbiyot fizikasi

Mavzuga aloqador xabarlar