8 avgustdan 18 avgustga qadar (18 avgust ham) bo‘lgan o‘n bir kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 990651 nafar abituriyent imtihon topshirgan bo‘lib, shundan 334686 nafari joriy yilgi bitiruvchilaridir va bu ko‘rsatkich shu kungacha imtihon topshirgan barcha abituriyentlarning 34% qismini tashkil etadi.
Shu kungacha imtihon topshirgan joriy yilgi bitiruvchilar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda. Jumladan, ushbu hududdan hozirgi kunga qadar 39876 nafar joriy yilgi bitiruvchilar imtihon topshirib bo‘lishdi, joriy yilgi bitiruvchilar orasida imtihon topshirganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda, yaʼni 9074 nafar.
Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.