Hozirgi kungacha joriy yil bitiruvchilarning nechtasi imtihon topshirdi?  (8-19 avgust natijalari bo‘yicha)

Aug 21, 2022/ By: admin

8 avgustdan 19 avgustga qadar (19 avgust ham) bo‘lgan o‘n ikki kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 1050560 nafar abituriyent imtihon topshirgan bo‘lib, shundan 349759 nafari joriy yilgi bitiruvchilaridir va bu ko‘rsatkich shu kungacha imtihon topshirgan barcha abituriyentlarning 33% qismini tashkil etadi.

Shu kungacha imtihon topshirgan joriy yilgi bitiruvchilar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda. Jumladan, ushbu hududdan hozirgi kunga qadar 40265 nafar joriy yilgi bitiruvchilar imtihon topshirib bo‘lishdi, joriy yilgi bitiruvchilar orasida imtihon topshirganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda, yaʼni 9825 nafar.

Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.

 

Mavzuga aloqador xabarlar