Hududlar bo‘yicha imtihon topshirgan abituriyentlar soni (8-17 avgust natijalari bo‘yicha)
8- avgustda boshlangan test sinovlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. 8 avgustdan 17 avgustga qadar (17 avgust ham) bo‘lgan o‘n kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 910286 nafar abituriyent imtihon topshirdi. Shundan, imtihon topshirgan eng ko‘p abituriyentlar soni Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va uning miqdori 111959 tani tashkil etmoqda. Imtihon topshirgan abituriyentlar soni eng kam bo‘lgan hudud Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va uning miqdori 32366 tani tashkil etmoqda. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.