Hududlar bo‘yicha to‘plangan o‘rtacha o‘tish ballari (8-12 avgust natijalari bo‘yicha)
8- avgustda boshlangan test sinovlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. 8 avgustdan 12 avgustga qadar (12 avgust ham) bo‘lgan besh kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab hududlarda qayd etilgan o‘rtacha ballar statistikasini tahlil qiladigan bo‘lsak, eng yuqori o‘rtacha ball Buxoro viloyati abituriyentlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 63.766 ballni tashkil etmoqda. Hududlar bo‘yicha eng past o‘rtacha ball Toshkent viloyati abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 57.469 ballni tashkil etmoqda. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.