Hududlar kesimida eng minimal ball - 56.7 balldan past ball va yuqori ball to‘plaganlar statistikasi

Aug 22, 2022/ By: admin

Hududlar kesimida eng minimal ball - 56.7 balldan past ball va yuqori ball to‘plaganlar statistikasi

Xabaringiz bor, Respublika oliy taʼlim muassasalariga to‘lov-kontraktning minimal o‘tish bali 56.7 ball (eng yuqori o‘tish bali 189.0 ballning 30%) etib belgilangan. 56.7 balldan past ball to‘plagan abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun saralashda ishtirok eta olmaydilar. 56.7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar faqatgina oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining (super-kontrakt) 2 barobarini to‘lab, talabaga aylanishlari mumkin. 8 avgustdan 20 avgustga qadar (20 avgust ham) bo‘lgan o‘n uch kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 550102 nafar abituriyent minimal o‘tish balini to‘play olishmagan. Bu shu Respublika bo‘yicha shu kungacha imtihon topshirgan barcha abituriyentlarning umumiy 51% qismini tashkil etmoqda. Minimal o‘tish balini to‘play olmagan eng ko‘p abituriyentlar soni hududlar bo‘yicha olib qaralganda Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 65377 (52%) nafar abituriyentni tashkil etmoqda. Nisbiy ko‘rsatkichda esa Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda. Ushbu hududlardagi 56% abituriyentlar minimal o‘tish balini to‘play olmaganlar.

Minimal o‘tish balidan (56.7 ball) yuqori ballni eng ko‘p to‘plagan abituriyentlar soni hududlar bo‘yicha olib qaralganda eng ko‘p Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 60317 (48%) nafar abituriyentni tashkil etmoqda. Nisbiy ko‘rsatkichda esa Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda va ushbu hududdagi 55% abituriyentlar minimal o‘tish balidan yuqori balni to‘plaganlar. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.

 

 

Mavzuga aloqador xabarlar