Hududlar kesimida eng minimal ball - 56.7 balldan past ball va yuqori ball to‘plaganlar statistikasi (1-13 avgust natijalari bo‘yicha)

Aug 16, 2023/ By: admin

Hududlar kesimida eng minimal ball - 56.7 balldan past ball va yuqori ball to‘plaganlar statistikasi (1-13 avgust natijalari bo‘yicha)

Xabaringiz bor, Respublika oliy taʼlim muassasalariga to‘lov-kontraktning minimal o‘tish bali 56.7 ball (eng yuqori o‘tish bali 189.0 ballning 30%) etib belgilangan. 56.7 balldan past ball to‘plagan abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun saralashda ishtirok eta olmaydilar. 56.7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar faqatgina oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining (super-kontrakt) 2 barobarini to‘lab, talabaga aylanishlari mumkin. 1 avgustdan 13 avgustga qadar (13 avgust ham) bo‘lgan o‘n uch kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 439337 nafar abituriyent minimal o‘tish balini to‘play olishmagan. Bu shu Respublika bo‘yicha shu kungacha imtihon topshirgan barcha abituriyentlarning umumiy 49.45% qismini tashkil etmoqda. Minimal o‘tish balini to‘play olmagan eng ko‘p abituriyentlar soni hududlar bo‘yicha olib qaralganda Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 52828 (50.18%) nafar abituriyentni tashkil etmoqda. Nisbiy ko‘rsatkichda eng yomon natijalar reytingida esa Sirdaryo viloyati yetakchilik qilmoqda. Ushbu hududlardagi 54.87% abituriyentlar minimal o‘tish balini to‘play olmaganlar.

Minimal o‘tish balidan (56.7 ball) yuqori ballni eng ko‘p to‘plagan abituriyentlar soni hududlar bo‘yicha olib qaralganda eng ko‘p Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 52446 (49.82%) nafar abituriyentni tashkil etmoqda. Nisbiy ko‘rsatkichda esa eng yaxshi reytingda Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda va ushbu hududdagi 59.22% abituriyentlar minimal o‘tish balidan yuqori balni to‘plaganlar. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.

 

Mavzuga aloqador xabarlar

Namangan muhandislik-qurilish institutining 2023/2024 o‘quv yili uchun KUNDUZGI taʼlim qabul kvotalari

12 Jul, 2023

Namangan muhandislik-qurilish institutining 2023/2024 o‘quv yili uchun KUNDUZGI taʼlim qabul kvotalari

Batafsil

Qabul boshlanishiga 15 kun qoldi – abituriyent nimalarni bilishi kerak?: Sertifikatlar haqida

05 Jun, 2023

Qabul boshlanishiga 15 kun qoldi – abituriyent nimalarni bilishi kerak?: Sertifikatlar haqida

Batafsil

Qabul boshlanishiga 15 kun qoldi – abituriyent nimalarni bilishi kerak?: Test qanday o‘tkaziladi?

05 Jun, 2023

Qabul boshlanishiga 15 kun qoldi – abituriyent nimalarni bilishi kerak?: Test qanday o‘tkaziladi?

Batafsil