Ish haqi, pensiya va nafaqalar oshmoqda, kontrakt narxlari qanchaga oshadi?

Mar 28, 2023/ By: admin

Prezident tomonidan imzolangan farmonda ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi belgilangan.

Prezident farmoni bilan faqat budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshyapti. 

Ammo, talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan. Shuningdek, kontrakt to‘lovlari miqdori ham oshmagan. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev izoh berdi. 

«Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni qoida bo‘yicha mehnatga haq to‘lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi», deb yozdi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to‘lash miqdori bir necha bor oshgan bo‘lsa-da, kontraktlar oshirilmadi. 

«Yana ham bu bo‘yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq», deb yakunladi Xudoyberdiyev. 

Mavzuga aloqador xabarlar

70 ball bilan qaysi oliygohlarga (2022/2023 o‘quv yilida) grant asosida o‘qishga kirish mumkin?

16 May, 2023

70 ball bilan qaysi oliygohlarga (2022/2023 o‘quv yilida) grant asosida o‘qishga kirish mumkin?

Batafsil

Abituriyent kirish imtihonlarini kutmasdan va oldindan ballni naqd qilib olsa bo‘ladi

28 Mar, 2023

Abituriyent kirish imtihonlarini kutmasdan va oldindan ballni naqd qilib olsa bo‘ladi

Batafsil

Termiz davlat universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlaridagi o‘tish ballari (sirtqi taʼlim, o‘zbek tili)

11 Dec, 2022

Termiz davlat universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlaridagi o‘tish ballari (sirtqi taʼlim, o‘zbek tili)

Batafsil