8 avgustdan 20 avgustga qadar (20 avgust ham) bo‘lgan o‘n uch kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 1073821 nafar abituriyent imtihon topshirgan bo‘lib, shundan 364348 nafari joriy yilgi bitiruvchilaridir. Joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha ballari tahliliga asoslanadigan bo‘lsak eng yuqori o‘rtacha ball Buxoro viloyati abituriyentlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 81.674 ballni tashkil etmoqda. Hududlar bo‘yicha joriy yilgi bitiruvchilarning eng past o‘rtacha bali Toshkent viloyati abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 65.658 ballni tashkil etmoqda. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.