Joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha ballari bo‘yicha qaysi hudud yetakchilik qilmoqda? (8-18 avgust natijalari bo‘yicha)

Aug 20, 2022/ By: admin

8 avgustdan 18 avgustga qadar (18 avgust ham) bo‘lgan o‘n bir kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 990651 nafar abituriyent imtihon topshirgan bo‘lib, shundan 334686 nafari joriy yilgi bitiruvchilaridir. Joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha ballari tahliliga asoslanadigan bo‘lsak eng yuqori o‘rtacha ball Buxoro viloyati abituriyentlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 84.417 ballni tashkil etmoqda. Hududlar bo‘yicha joriy yilgi bitiruvchilarning eng past o‘rtacha bali Toshkent viloyati abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 68.735 ballni tashkil etmoqda. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.

 

Mavzuga aloqador xabarlar