Joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha ballari bo‘yicha qaysi hudud yetakchilik qilmoqda? (8-19avgust natijalari bo‘yicha)

Aug 21, 2022/ By: admin

8 avgustdan 18 avgustga qadar (19 avgust ham) bo‘lgan o‘n ikki kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 1050560 nafar abituriyent imtihon topshirgan bo‘lib, shundan 349759 nafari joriy yilgi bitiruvchilaridir. Joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha ballari tahliliga asoslanadigan bo‘lsak eng yuqori o‘rtacha ball Buxoro viloyati abituriyentlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 81.991 ballni tashkil etmoqda. Hududlar bo‘yicha joriy yilgi bitiruvchilarning eng past o‘rtacha bali Toshkent viloyati abituriyentlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu ko‘rsatkich 68.355 ballni tashkil etmoqda. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.

 

Mavzuga aloqador xabarlar