Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:
1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.
2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.
Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Abituriyentlar 2022/2023 o‘quv yilidagi test sinovlari uchun mutaxassislik fanlari KIMYO (3.1 ball) va BIOLOGIYA (2.1 ball) bo‘lgan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
- Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (qurilish)
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida)
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
- Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi
- Konservalash texnologiyasi
- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti: farmatsiya
- Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)
- O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini
- O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)
- Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
- Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi: meva-sabzavot
- Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
- Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi
- Tibbiy profilaktika ishi
- Tibbiy-biologik ish
- Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi
- Yog‘lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi