Shu yildan boshlab maktabdagi baholar OTMga kirishda hisobga olinadi

Jan 05, 2023/ By: admin

Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021 y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 1-2-bosqichlardagi (litsey, kollej) yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

  • 86-100% uchun – 5 baho va abituriyentning kirish imtihoni natijasiga 5 ball qo‘shiladi;

  • 71-85% – 4 baho;

  • 56-70% – 3 baho;

  • 56%gacha – 2 baho.

Asos: Oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi Vazirlar Mahkamasi 19.11.2021 y. №696 qarori.

Mavzuga aloqador xabarlar

2022/2023 yilda BIOLOGIYA va KIMYO fanlaridan test o‘tkazilgan barcha OTMlardagi taʼlim yo‘nalishlaridagi kontrakt va grantga o‘tish ballari (100 balldan ortiq)

10 Feb, 2023

2022/2023 yilda BIOLOGIYA va KIMYO fanlaridan test o‘tkazilgan barcha OTMlardagi taʼlim yo‘nalishlaridagi kontrakt va grantga o‘tish ballari (100 balldan ortiq)

Batafsil

Davlat test markazi veb-sayti boshqa manzilga ko‘chmoqda

28 Feb, 2023

Sobiq Davlat test markazi — hozirgi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy …

Batafsil

2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

07 Mar, 2023

2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Batafsil