Bu yil ham abituriyentlar necha ball to‘plaganini test topshirgan kunining ertasiga bilishi mumkin, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy javoblar (mandat) imtihonlar yakunlanganidan keyin 1 hafta ichida e’lon qilinadi.
DTM mutaxassisi G‘ayrat Yo‘ldoshevning aniqlik kiritishicha, mandat e’lon qilinishi 26-27 avgust sanalariga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
20 avgust kuni so‘nggi imtihonlar bo‘lib o‘tadi.
Abituriyentlar test natijalarini imtihon topshirgan kunining ertasiga, o‘qishga kirgan-kirmaganini esa mandat e’lon qilinganidan keyin quyidagilar orqali bilishi mumkin:
Yuqoridagi platformalarda javoblar varaqasi ham joylashtiriladi. Bu orqali abituriyentlar qaysi savollarga to‘g‘ri, qaysilariga noto‘g‘ri javob belgilaganini ko‘rishi mumkin.
Apellyatsiya arizalari 21 avgustdan 30 avgustgacha qabul qilinadi.