MATEMATIKA (3.1 ball) va CHET TILI (2.1 ball) fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirish mumkin?

Jun 02, 2022/ By: admin

Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 3,1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 2,1 balldan.

Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Abituriyentlar 2022/2023 o‘quv yilidagi test sinovlari uchun mutaxassislik fanlari MATEMATIKA (3.1 ball) va CHET TILI (2.1 ball) bo‘lgan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

- Agrobiznes va investitsion faoliyat
- Axborot xavfsizligini boshqarish
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment
- Baholash ishi
- Bank ishi va auditi
- Birja ishi
- Biznes-tahlil
- Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
- Buxgalteriya hisobi va audit: avtomobil transporti
- Buxgalteriya hisobi va audit: qishloq xo‘jaligida
- Buxgalteriya hisobi va audit: temir yo‘l transporti
- Byudjet nazorati va g‘aznachiligi
- Ekonometrika
- Elektron tijorat
- Geologiya-qidiruv ishlari iqtisodiyoti
- Ijtimoiy ish (moliya-iqtisodiyot sohalari bo‘yicha)
- Ijtimoiy ish: pensiya taʼminoti
- Inson resurslarini boshqarish
- Investitsion loyihalarga xizmat ko‘rsatish va moliyalashtirish
- Iqtisodiy xavfsizlik
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Iqtisodiyot: avtomobil transporti
- Iqtisodiyot: oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti
- Iqtisodiyot: qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti
- Iqtisodiyot: suv xo‘jaligida
- Iqtisodiyot: temir yo‘l transporti
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
- Korporativ boshqaruv
- Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Logistika: agrologistika
- Maktab menejmenti
- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Marketing: avtomobil transporti
- Marketing: mediamarketing va reklama
- Marketing: qishloq xo‘jaligida
- Marketing: reklama ishi
- Marketing: sport marketingi
- Marketing: temir yo‘l transporti
- Marketing: turizm marketingi
- Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Menejment : sog‘liqni saqlash menejmenti
- Menejment: art menejment va galereya ishi
- Menejment: jismoniy tarbiya va sport menejmenti
- Menejment: madaniy merosni boshqarish
- Menejment: mehmonxonalarni boshqarish
- Menejment: ommaviy tadbirlar menejmenti
- Menejment: restoran biznesini boshqarish
- Menejment: sanoat korxonalarida innovatsion loyihalar boshqaruvi
- Menejment: sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish
- Menejment: suv xo‘jaligida
- Menejment: transport sohasida loyihalar boshqaruvi
- Menejment: turizm biznesini boshqarish
- Mintaqaviy iqtisodiyot
- Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- Patentshunoslik
- Professional taʼlim: iqtisodiyot
- Professional taʼlim: menejment
- Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Raqamli iqtisodiyot: transport
- Sanʼat sohasida prodyuserlik
- Savdo ishi (turlari bo‘yicha)
- Soliqlar va soliqqa tortish
- Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Sug‘urta ishi
- Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
- Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
- Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Eron
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Hindiston
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Koreya
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Turkiya
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Xitoy
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: Yaponiya
- Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik: arab mamlakatlari

Mavzuga aloqador xabarlar