Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:
1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.
2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.
Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
Abituriyentlar 2022/2023 o‘quv yilidagi test sinovlari uchun mutaxassislik fanlari MATEMATIKA (3.1 ball) va FIZIKA (2.1 ball) bo‘lgan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
- Amaliy kosmik texnologiyalar
- Amaliy matematika
- Aviatsiya injiniringi
- Avtomobil servisi
- Avtomobilsozlik va traktorsozlik
- Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- Axborot tizimlari va texnologiyalari: qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar
- Axborot tizimlari va texnologiyalari: temir yo‘l transporti
- Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi
- Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)
- Bino va inshootlar qurilishi: neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlari
- Bino va inshootlar qurilishi: transport binolari
- Dasturiy injiniring
- Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
- Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Elektr energetikasi: suv xo‘jaligida
- Elektr energetikasi: temir yo‘l transporti
- Energetika (tarmoqlar bo‘yicha)
- Energiya mashinasozligi (tarmoqlar bo‘yicha)
- Energiya tejamkorligi va energoaudit
- Gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish
- Geodeziya va geoinformatika
- Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)
- Geodeziya, kartografiya va kadastr: qurilish
- Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha)
- Gidroenergetika
- Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
- Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha)
- Gidrotexnika qurilishi: suv xo‘jaligida
- Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi
- Hayotiy faoliyat xavfsizligi
- Infokommunikatsiya injiniringi
- Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari
- Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Kadastr: hududlar davlat kadastri
- Kadastr: ko‘chmas mulk kadastri
- Kiberxavfsizlik injiniringi
- Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish
- Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Kompyuter injiniringi: AT-Servis
- Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari
- Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”
- Marksheyderlik ishi
- Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish
- Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)
- Matematika
- Matematika va informatika
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: suv xo‘jaligida
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi: transport
- Metallar texnologiyalari (jarayon turlari bo‘yicha)
- Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)
- Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji: transport tizimlarida suv taʼminoti va kanalizatsiya
- Neft va gaz geologiyasi
- Payvandlash texnologiyasi va jihozlari
- Pochta aloqa texnologiyasi
- Professional taʼlim: axborot tizimlari va texnologiyalari
- Professional taʼlim: bino va inshootlar qurilishi
- Professional taʼlim: muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji
- Professional taʼlim: qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
- Professional taʼlim: suv xo‘jaligi va melioratsiya
- Professional taʼlim: texnologik mashinalar va jihozlar
- Professional taʼlim: transport vositalari muhandisligi (avtotransport)
- Qishloq va suv xo‘jaligida energiya taʼminoti
- Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis
- Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash
- Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish
- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
- Qiymat injiniringi va ko‘chmas mulk ekspertizasi
- Qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqarish texnologiyasi
- Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
- Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha)
- Radioelektron qurilmalar va tizimlar: temir yo‘l transporti
- Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish
- Sunʼiy intellekt
- Suv taʼminoti muhandislik tizimlari
- Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi
- Suv xo‘jaligi va melioratsiya
- Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
- Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish
- Telekommunikatsiya texnologiyalari: mobil tizimlar
- Telekommunikatsiya texnologiyalari: telekommunikatsiyalar
- Telekommunikatsiya texnologiyalari: teleradioeshittirish
- Televizion texnologiyalar: audiovizual texnologiyalar
- Televizion texnologiyalar: telestudiya tizimlari va ilovalari
- Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari
- Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)
- Texnologik mashinalar va jihozlar: temir yo‘l transporti
- Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)
- Transport logistikasi: avtomobil transporti
- Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha)
- Transport vositalari muhandisligi: avtomobil transporti
- Transport vositalari muhandisligi: elektr transporti
- Transport vositalari muhandisligi: elektromobil transporti
- Transport vositalari muhandisligi: ixtisoslashtirilgan transport vositalari
- Transport vositalari muhandisligi: ko‘tarish-tashish, yo‘l va qurilish mashinalari
- Transport vositalari muhandisligi: lokomotivlar
- Transport vositalari muhandisligi: metropoliten
- Transport vositalari muhandisligi: vagonlar
- Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish: avtotransporti
- Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish: temir yo‘l transporti
- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: milliy tikuv buyumlari
- Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- Yo‘l harakatini tashkil etish
- Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
- Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasi
- Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llaridagi sunʼiy inshootlar
- Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini arxitektura-landshaft konstruksiyalash
- Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini loyihalash
- Yo‘l muhandisligi: avtomobil yo‘llarini qurish
- Yo‘l muhandisligi: ko‘priklar va tonellar
- Yo‘l muhandisligi: shahar yo‘llari va ko‘chalar
- Yo‘l muhandisligi: temir yo‘l ekspluatatsiyasi
- Yo‘l muhandisligi: temir yo‘l qurilishi