Yirik shaharlarda 2020-2025-yillarda urbanizatsiyani rivojlantirishning asosiy konseptual yoʻnalishlari eʼlon qilingan.
Unda, “Talabalar shaharchasi”ni shakllantirish maqsadida mavjud oliy taʼlim muassasalarini yirik shaharlar chekkasiga koʻchirish va u yerda yangi oliy taʼlim muassasalarini barpo etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 yanvardagi 48-son qarori asosida “aqlli taʼlim” tizimini joriy etib, asosiy eʼtibor taʼlim onlayn-platformalar va ommaviy ochiq onlayn kurslar tarzidagi texnologik yechimlar toʻplamini, virtual real holat bilan toʻldirilgan ilgʻor vizualizatsiya va masofaviy kirish texnologiyalari va boshqalarni oʻz ichiga olgan texnologik yechimlarni joriy etilishiga qaratiladi.