“Mard o‘g‘lon”, “Nihol” va Zulfiya nomidagi mukofotlar egalari, turli-tuman tanlovlar g‘oliblari, organ xodimlari va o‘rmonchilarning farzandlari, hokim yordamchilari va muayyan hudud yoshlari uchun uchun eksklyuziv imtiyozlar. Oliy ta’limga kirishda beriladigan imtiyozlarning turi ham, ularning berilish shakllari ham har xil: ba’zilari grant uchun, ba’zilari kontraktga, ba’zilari sirtqi ta’limga, ba’zilari istalgan ta’lim shaklida o‘qishga beriladi.
Prezident qarori bilan korrupsiyaga moyil munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar dasturi tasdiqlandi.
Dasturga ko‘ra, OTMlarga o‘qishga kirish uchun beriladigan imtiyozlar ro‘yxati yagona hujjatda shakllantiriladi va bu imtiyozlar umumiy kvotaga kiritmasligi to‘g‘risida qoida belgilanadi.
Hozirgacha ham qator imtiyozlar, masalan, harbiy xizmat tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar (xalq tilida “armistlar”) uchun umumiy kvotadan tashqari o‘rinlar ajratilayotgan edi. Yoki zulfiyachilar uchun ham qo‘shimcha grant o‘rinlari ajratilishi boshlangan
Shunday bo‘lsa-da, bundan buyog‘iga imtiyozlarning alohida tarzda tartiblanishi va to‘laligicha kvotadan tashqari bo‘lishi belgilab qo‘yilishi abituriyentlarning ko‘nglini qisman xotirjam qilishi mumkin.
Grantga, kontraktga – asosiy imtiyoz turlari
DTM saytida alohida guruhlanishicha, imtiyozlar bir-biridan farq qiladi:
Bu turdagi imtiyozlarning barchasi bir-biridan farq qiladi. Biroq darajasi turlicha bo‘lsa ham, ular oddiy tartibda hujjat topshirgan abituriyentlarga nisbatan ancha ko‘proq imkoniyatga egalikni anglatadi.
Hozir ularni birma-bir sanab chiqamiz.
Imtihonsiz, qo‘shimcha grant asosida talaba bo‘luvchilar:
Imtihonsiz, kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadiganlar:
Faqat bir fan imtihonidan ozod etib, ball beruvchi imtiyozlar:
To‘plangan ballga qo‘shimcha ball beradigan imtiyozlar:
Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda qatnashish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar:
Endi amalga kiritiladigan imtiyozlar
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilari davlat OTMlarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga ko‘ra davlat granti asosida sirtqi ta’lim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan 3 yil amal qiladigan tavsiyanoma beriladi va ular shu tavsiyanoma asosida alohida kvota doirasida o‘qishga qabul qilinadi.
Iqtisod tarmoqlarida ishlayotgan kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan fuqarolar tegishli tavsiyanoma bilan suhbat asosida mos OTMlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ularga 5 yil ishlab berish sharti qo‘yiladi.
Imtiyozlar kamayadimi?
OTMlarga kirishda imtiyozlarni tartibga solish qayd etilgan korrupsiyaga oid qarorning to‘liq matni hozircha e’lon qilinmadi. Biroq ushbu qaror loyihasida OTMga kirishda berilgan imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqib, ularni xatlovdan o‘tkazish belgilangan. Agar shunday bo‘lsa, imtiyozlar mexanizmi haqiqatan ishlayaptimi yoki yo‘q, bilib olish mumkin bo‘ladi.
Masalan, qaysidir olis hududdan bo‘lgani uchun boshqalardan pastroq ball to‘plagan bo‘lsa-da, davlat grantida o‘qigan talaba bitirgach, haqiqatan ham o‘sha hududga borib ishlab berib o‘ziga tikilgan investitsiyani oqlay olyaptimi? Boshqa yo‘nalishlarda ota-onasi munosib xizmat qilgani uchun o‘qishga imtiyozli kirgan abituriyentlar bitirgach sohasi bo‘yicha yo‘lini topib ketishyaptimi?
Imtiyozlarning bu taraflarini ham o‘rganish va tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Maqola muallifi Zilola G‘aybullayeva, Kun.uz muxbiri