O‘qishga kirishda yordam beradigan imtiyozlar soni 40 dan oshib ketdi

Jan 05, 2023/ By: admin

Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REESTRI” tasdiqlandi.

Reestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:

  1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
  2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
  3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
  4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
  5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
  6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

Shuningdek, reestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.

Mavzuga aloqador xabarlar

2022/2023 yilda BIOLOGIYA va KIMYO fanlaridan test o‘tkazilgan barcha OTMlardagi taʼlim yo‘nalishlaridagi kontrakt va grantga o‘tish ballari (100 balldan ortiq)

10 Feb, 2023

2022/2023 yilda BIOLOGIYA va KIMYO fanlaridan test o‘tkazilgan barcha OTMlardagi taʼlim yo‘nalishlaridagi kontrakt va grantga o‘tish ballari (100 balldan ortiq)

Batafsil

Shu yildan boshlab maktabdagi baholar OTMga kirishda hisobga olinadi

05 Jan, 2023

Shu yildan boshlab maktabdagi baholar OTMga kirishda hisobga olinadi

Batafsil

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi

14 Feb, 2023

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi

Batafsil