OTMlarga kirish test sinovlari 8 avgustdan boshlanadi

Aug 04, 2022/ By: admin

2022/23 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 8 avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qildi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkaziladi:

  • 1-smena: 07:00 dan 10:00 ga qadar;
  • 2-smena: 19:00 dan 22:00 ga qadar.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20 avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4 avgustdan boshlanadi.

Bu yil bakalavriatga 1 214 232 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Shundan 395 023 nafari – maktabni shu yil tugatganlar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan) quyidagicha:

  • kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.

Qabul kvotalari esa quyidagicha

Mavzuga aloqador xabarlar