O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Jan 13, 2023/ By: admin

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Turkiyaning Sog‘lik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan o‘tgan muloqot chog‘ida bu bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yangi o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydigan akademiyada hamshiralarni tayyorlash 4 yillik o‘quv dasturi asosida Sog‘lik bilimlari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro taʼlim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, taʼlimning ikki yili O‘zbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Turkiya Sog‘lik bilimlari universiteti rahbariyati o‘rtasidagi muloqotda yurtimiz tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida “Tibbiyot menejmenti” taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha 4 yillik qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.

Mavzuga aloqador xabarlar

Davlat test markazi veb-sayti boshqa manzilga ko‘chmoqda

28 Feb, 2023

Sobiq Davlat test markazi — hozirgi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy …

Batafsil

2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

07 Mar, 2023

2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Batafsil

Shu yildan boshlab maktabdagi baholar OTMga kirishda hisobga olinadi

05 Jan, 2023

Shu yildan boshlab maktabdagi baholar OTMga kirishda hisobga olinadi

Batafsil