Qabul boshlanishiga 15 kun qoldi – abituriyent nimalarni bilishi kerak?: Savollar darajasi qanday bo‘ladi?

Jun 05, 2023/ By: admin

Bu yilgi qabul 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi. Prognozlarga ko‘ra, 1 mln 260 ming abituriyent hujjat topshirishi kutilyapti. Abituriyentlarga asqotadigan ma’lumotlar jurnalistlar tomonidan bir sahifaga jamlandi.

Savollar darajasi qanday bo‘ladi? 

Kirish test sinovlarida abituriyentlarga 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i, 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi. Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

  • oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25 foiz oralig‘ida;
  • o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70 foiz oralig‘ida;
  • qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25 foiz oralig‘ida.

Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball esa 189 ball.

 

Mavzuga aloqador xabarlar

Qabul boshlanishiga 15 kun qoldi – abituriyent nimalarni bilishi kerak?: Sertifikatlar haqida

05 Jun, 2023

Qabul boshlanishiga 15 kun qoldi – abituriyent nimalarni bilishi kerak?: Sertifikatlar haqida

Batafsil

2022/2023 yilda mutaxassislik fanlarida KIMYO (3.1 ball) va BIOLOGIYA (2.1 ball) fanlaridan test o‘tkazilgan barcha OTMlardagi taʼlim yo‘nalishlari qayd etilgan kontrakt va grantga o‘tish ballari (100 balldan yuqori)

16 May, 2023

2022/2023 yilda mutaxassislik fanlarida KIMYO (3.1 ball) va BIOLOGIYA (2.1 ball) fanlaridan test o‘tkazilgan barcha OTMlardagi taʼlim yo‘nalishlari qayd etilgan …

Batafsil

Namangan muhandislik-qurilish institutining 2023/2024 o‘quv yili uchun KUNDUZGI taʼlim qabul kvotalari

12 Jul, 2023

Namangan muhandislik-qurilish institutining 2023/2024 o‘quv yili uchun KUNDUZGI taʼlim qabul kvotalari

Batafsil