Qaysi hududda nechta abituriyent imtihonlardan chetlatildi?
8- avgustda boshlangan test sinovlari ham yakunlandi. 8 avgustdan 20 avgustga qadar (20 avgust ham) bo‘lgan o‘n uch kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 249 nafar abituriyentlar imtihonlardan chetlatilgan. Shundan eng ko‘p chetlatilgan abituriyentlar soni Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va uning miqdori 55 tani tashkil etmoqda. Imtihondan chetlatilgan abituriyentlar soni eng kam bo‘lgan hudud Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu hududda shu kungacha chetlashtirilgan abituriyentlar soni 2 tani tashkil etmoqda. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.