Qaysi hududda nechta abituriyent imtihonlardan chetlatildi? (8-14 avgust natijalari bo‘yicha)
8- avgustda boshlangan test sinovlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. 8 avgustdan 14 avgustga qadar (14 avgust ham) bo‘lgan yetti kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 171 nafar abituriyentlar imtihonlardan chetlatilgan. Shundan eng ko‘p chetlatilgan abituriyentlar soni Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va uning miqdori 36 tani tashkil etmoqda. Imtihondan chetlatilgan abituriyentlar soni eng kam bo‘lgan hudud Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu hududda shu kungacha abituriyentlar umuman imtihondan chetlatilmagan. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.