Qaysi hududda nechta abituriyent imtihonlardan chetlatildi? (8-17 avgust natijalari bo‘yicha)
8- avgustda boshlangan test sinovlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. 8 avgustdan 17 avgustga qadar (17 avgust ham) bo‘lgan o‘n kunlik imtihon jarayonida Respublikamiz bo‘ylab jami 228 nafar abituriyentlar imtihonlardan chetlatilgan. Shundan eng ko‘p chetlatilgan abituriyentlar soni Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va uning miqdori 51 tani tashkil etmoqda. Imtihondan chetlatilgan abituriyentlar soni eng kam bo‘lgan hudud Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va bu hududda shu kungacha chetlashtirilgan abituriyentlar soni 1 tani tashkil etmoqda. Barcha hududlardagi ko‘rsatkichlar bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.