Shu yildan boshlab 14 ta pedagogik yo‘nalish sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi

Feb 04, 2023/ By: admin

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Oliy ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, ro‘yxatda ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslar kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekani «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati:

- Biologiya
- Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
- Fizika va astronomiya
- Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
- Kimyo
- Maktab menejmenti
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
- Matematika va informatika
- Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
- O‘zbek tili va adabiyoti
- O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
- O‘zga tilli guruhlarda rus tili
- Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)

Mavzuga aloqador xabarlar

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlaridagi o‘tish ballari (kunduzgi taʼlim, o‘zbek tili)

03 Dec, 2022

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlaridagi o‘tish ballari (kunduzgi taʼlim, o‘zbek tili)

Batafsil

Termiz davlat universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlaridagi o‘tish ballari (sirtqi taʼlim, o‘zbek tili)

11 Dec, 2022

Termiz davlat universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlaridagi o‘tish ballari (sirtqi taʼlim, o‘zbek tili)

Batafsil

Samarqand davlat chet tillar institutida 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlaridagi o‘tish ballari (kunduzgi taʼlim, o‘zbek tili)

13 Dec, 2022

Samarqand davlat chet tillar institutida 2022/2023 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlaridagi o‘tish ballari (kunduzgi taʼlim, o‘zbek tili)

Batafsil