TARIX (3.1 ball) va CHET TILI (2.1 ball) fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirish mumkin?

Jun 23, 2022/ By: admin

Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 3,1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 2,1 balldan.

Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Abituriyentlar 2022/2023 o‘quv yilidagi test sinovlari uchun mutaxassislik fanlari TARIX (3.1 ball) va CHET TILI (2.1 ball) bo‘lgan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

- Davlat boshqaruvi
- Siyosatshunoslik
- Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )
- Turizm: agroturizm
- Turizm: turizm sohasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish
- Turizm: turizmda media va kommunikatsiya
- Xalqaro munosabatlar
- Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
- Yurisprudensiya (huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash) - ayollar uchun
- Yurisprudensiya (huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash) - erkaklar uchun
- Yurisprudensiya : biznes huquqi
- Yurisprudensiya : fuqarolik va biznes huquqi
- Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat
- Yurisprudensiya: jinoyat-huquqiy faoliyat
- Yurisprudensiya: qishloq xo‘jaligi huquqi
- Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik
- Yurisprudensiya: xalqaro huquqiy faoliyat
- Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi

Mavzuga aloqador xabarlar