TARIX (3.1 ball) va ONA TILI VA ADABIYOT (2.1 ball) fanlaridan qaysi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirish mumkin?

Jun 20, 2022/ By: admin

Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.

Har biri uchun 1,1 balldan.

Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 3,1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.

Har biri uchun 2,1 balldan.

Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Abituriyentlar 2022/2023 o‘quv yilidagi test sinovlari uchun mutaxassislik fanlari TARIX (3.1 ball) va ONA TILI VA ADABIYOT (2.1 ball) bo‘lgan quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:

- Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Falsafa: sharq falsafasi va madaniyati
- Madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish
- Milliy g‘oya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi
- Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm
- Muzeyshunoslik: muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiyalash va taʼmirlash

Mavzuga aloqador xabarlar