Test materiallarini o‘z vaqtida topshirmagan abituriyentlar test sinovidan chetlatiladi

Aug 10, 2022/ By: admin

Ayrim telegram kanallarda quyidagi rasm tarqatilib, turli fikrlar bildirilmoqda.

Mazkur rasm 9-avgust kuni Andijon viloyatidagi 1-sektorda o‘tkazilgan test sinovidan olingan bo‘lib, abituriyent test materiallarini o‘z vaqtida topshirmagan va guruh nazoratchilarining ogohlantirishlariga qaramay test topshiriqlarini ishlashda davom etgan.

Abituriyent test materiallarini topshirishdan bosh tortib, materiallarni guruh nazoratchilariga bermagani uchun test materiallariga ziyon yetkazmaslik (yirtilmasligi) maqsadida abituriyentdan test materiallari tortib olinmagan.

Test materiallari test sinovlari yakunlanganidan 15 daqiqa o‘tib, 10:15 da topshirilgani uchun abituriyent dalolatnoma asosida test sinovidan chetlashtirilgan.

Shuningdek, matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan 2098197 raqamli test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur test topshiriqlari 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emas.

Mavzuga aloqador xabarlar