Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi

Jun 04, 2023/ By: admin

Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.  
Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena soat 07:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan. Chunki boshqa paytda kun juda issiq bo‘lgan. 
3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlarini yana yopiq binolarda o‘tkazilayotganligi sababli, endi bunaqa vaqtli va kech imtihon o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q. 

Shu sababli, xuddi 2018–2019 yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekistonda 2023/2024 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olingan.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.

Mavzuga aloqador xabarlar

60220400 - “Arxeologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2022/2023 o‘quv yilida Respublikada joylashgan barcha OTMlardagi qabul kvotalari va kirish (grant va kontrakt) ballari (OTM, ta’lim tili va ta’lim shakli kesimida)

11 May, 2023

60220400 - “Arxeologiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2022/2023 o‘quv yilida Respublikada joylashgan barcha OTMlardagi qabul kvotalari va kirish (grant va kontrakt) …

Batafsil

Davlat test markazi veb-sayti boshqa manzilga ko‘chmoqda

28 Feb, 2023

Sobiq Davlat test markazi — hozirgi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti boshqa domenga ko‘chmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy …

Batafsil

2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

07 Mar, 2023

2023-yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Batafsil