Barcha davlat oliy taʼlim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi.
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan talaba-yoshlarning oliy taʼlim olishi uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyat sabab yangi o‘quv yilida barcha oliy taʼlim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmadi.
Davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, faqat tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirib belgilandi.
Quyidagi jadval orqali Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022/2023 o‘quv yili uchun yo‘nalishlar kesimidagi (alifbo tartibida) tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.
🔵 Ko‘k rangda - oddiy to‘lov kontrakt summasi;
🔴 Qizil rangda - 2022/2023 o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan va 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (SUPER KONTRAKT) qiymatining MIQDORLARI