📥 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi.
📣 OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.dtm.uz va mandat.dtm.uz saytlariga joylashtirildi.
✅ Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish (https://my.dtm.uz/answer-transfer)“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” (https://mandat.dtm.uz/Transfer2022/Transfer) bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
4️⃣ Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram (https://t.me/dtmuzb) | Facebook (https://www.facebook.com/dtmuzb/) | Instagram (https://instagram.com/dtmuzb/) | YouTube (https://www.youtube.com/dtmuzb/)