Xabaringiz bor, prezidentning 2022 yil 18 iyuldagi qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi beriladi.
Kimlarga va qaysi taʼlim shakli uchun beriladi?
O‘zbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari), o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari o‘quvchilariga beriladi.
U kunduzgi, sirtqi, kechki taʼlim shakllarida o‘quvchilarga berilsa, super-kontrakt, qo‘shma taʼlim, masofaviy taʼlim va ikkinchi mutaxassislikka o‘qiyotganlar uchun berilmaydi.
Taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Uni Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini to‘laydi.
To‘lash qachondan boshlanadi?
Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m taʼlim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.Ushbu kreditni quyidagi banklardan olsa bo‘ladi:
1. Mikrokreditbank
2. Asaka bank
3. Agrobank
4. Xalq banki
5. Ipoteka bank
6. Qishloq qurilish bank
7. Turonbank
8. Oriyent finans bank
9. Milliy bank
10. O‘zsanoatqurilishbank
11. Hamkorbank
12. Aloqabank
Kredit olishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- bankka ariza;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
- taʼlim muassasasi bilan to‘lov-kontrakt shartnomasi;
- talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat.
Qaysi xatoni qilmaslik kerak?
2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga kunduzgi taʼlimni tanlash kerak. Birinchiga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishga sirtqi, kechki, masofaviyni tanlash mumkin.
Ushbu kredit qanday hisoblanadi?
Samarqand viloyatida jami ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bo‘lsa, ular orasidan eng ko‘p ball to‘plagan 227 nafar xotin-qizlar davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi.
O‘tgan yillard kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. Joriy yilda 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan:
- aniq va tabiiy fanlar;
- texnika fanlari;
- tibbiyot fanlari.